Futzal. Qoraqalpog'iston chempionatining 3-turi yakunlandi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2015
Nukus shahrida futzal bo'yicha Qoraqalpog'iston respublikasining 2014-2015 yilgi XI - chempionati davom etmoqda.
O'z navbatida oliy va birinchi liga jamoalari birinchi bosqichning 3-tur o'yinlarini nihoyasiga etkazishdi. Ayni damda, kuchlilar jadvalini KGU jamoasi boshqarib bormoqda. Qoraqalpog'iston davlat universiteti futzalchilari oliy ligada mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Nukus Olimpiya zaxiralari kollejining ikkinchi jamoasi esa etti uchrashuv o'tkazganiga qaramay, bironta ochkoga ega emas. Hatto, ular so'nggi turda respublika sport maktabi tarbiyalanuvchilariga ham yirik 1:7 hisobda imkoniyatni boy berishdi.

NGPI (Nukus) - NKOR-1 (Nukus) - 7:5,
KGU (Nukus) - NKOR-2 (Nukus) - 5:2,
NKOR-2  - NGPI  - 0:4,
NKOR-1 - Res.DYUSSH- 1 (Nukus) - 1:2,
NGPI  - KGU - 3:3,
Res.DYUSSH-1– NKOR-2 - 7:1.

MUSOBAQA  JADVALI

                                  O'  YU  D  M  T-N  O
 
  1. KGU                       6  5  1  0  28-18  16
  2. NGPI                    7  4  1  2  41-29  13
  3. Res. DYUSSH #1     6  3  1  2  25-20  10
  4. NKOR-1                 6  2  1  3  16-15  7
  5. NKOR-2                 7  0  0  7  9-36   0

Ma'lumki, birinchi liga musobaqasida 13 ta jamoa ikki guruhda bahs olib bormoqda. Bu yerda to'qqiz o'yindan so'ng, “A” guruhida dastlabki uch o'rinni AS-SAFIRA GOLD Metan  (Xo'jayli, 27 ochko), SFK Dinamo (Nukus, 16 ochko) va Ustyurtgaz (Qo'ng'irot, 12 ochko) jamoalari egallab turibdi. “B” guruhida esa Nukus shahrining Gone-kala jamoasi 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. GorDYUSSH-2 (Nukus, 20 ochko) ikkinchi, Taxiatash-Nurshy(Taxiatosh, 16 ochko) uchinchi o'rindan joy olgan.

Ikrom  XUDOYBERGANOV,

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia