Gabriel Jezus: Har bir inson milliy terma jamoani qo'llab-quvvatlashi kerak

Jezus Braziliya termasidagi muhit haqida gapirdi.

“Jamoadoshlarim men bilan tajribalarini bo'lishadi. Biz bu yerda bir-birimizni to'la qo'llab-quvvatlaymiz. Hammaning diqqati o'yinda. Biz diqqat e'tiborimizni yanada bir joyga jamlashimiz, axloqiy jihatdan ham kuchli bo'lishimiz kerak. Buni uddalashga harakat qilamiz. Har bir inson milliy terma jamoani qo'llab-quvvatlashi kerak, chunki har qanday holatda ham biz braziliyalikmiz. Orzularimizni amalga oshirishimiz uchun biz har doim g'alaba qozonishimiz kerak bo'ladi, ammo bu katta fidoyilik talab qiladi”,-dedi Jezus.


Manba: Sky Sports