Ular Afrika vakillari orasida eng yaxshi natijani ko'rsata olishdi. Futbolchilar vataniga oila azolari bilan birga qaytib kelishdi. Terma jamoa o'yinchilari joy olgan avtobus Rabot ko'chalarini aylandi va minglab muxlislar ularni olqishlar bilan kutib olishdi.
Paraddan keyin esa futbolchilar joy olgan avtobus qirol Muhammad VI saroyi tomon yo'l oldi. Ular qirollik tomonidan maxsus medallar bilan taqdirlandi. Marokash terma jamoasi vakillari va ularning oila azolari taqdirlash marosimidan keyin qirol Muhammad VI bilan esdalik uchun rasmga tushishdi.
Izohlar