"Galatasaroy" Belgiya terma jamoasi hujumchisining transferiga ishonchi komil

Alisher
6 aug 2022
"Galatasaroy" "Napoli" bilan shartnomasi yakunlangandan so'ng erkin agent maqomida yurgan Belgiya terma jamoasi hujumchisi Dris Mertens bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, turk klubi futbolchi bo'yicha bergan maosh taklifini yuqorilatdi.

Endi belgiyalikka yiliga 4 million evro taklif qilinmoqda. Bitim bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2023 yilgacha bo'ladi.


AlisherMaqola muallifi
Muqova: twitter.com/NicoSchira

Izohlar