Saudiya Arabistoni klublarining navbatdagi nishoni - "Chelsi" yarim himoyachisi

Omonjon To`xtamirzayev
3 apr 2025
Italiyada ijara huquqi asosida to'p tepayotgan Joau yozda "Chelsi"ga qaytishi kerak.

"Milan" yarim himoyachi Joau Feliksni o'z safida olib qolish niyatida ekanligini malum qilgan. O'z navbatida, Feliks "aristokratlar"ning rejalariga kirmaydi. Portugaliyalikka "Galatasaroy" va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Feliks shu yil "Milan"ga "Chelsi"dan ijaraga o'tgan. Joriy mavsum 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatma etkazib berdi.

Avvalroq, Feliksga "Aston Villa" klubi qiziqayotgani aytilgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Qopqoq: DeadlineDayLive

Izohlar

{ CHELSEA }
3 apr
Ketaversin...