"Galatasaroy" o'yinchisi o'z jamoadoshini do'pposlagani uchun maydondan chetlatildi

Sherzod Nurmatov
17 avg 2021
Turkiya Superligasi 1-turida g'alati hodisa yuz berdi.

"Galatasaroy" himoyachisi Markan Turkiya chempionati birinchi turi doirasidagi "Giresunspor"ga qarshi o'yinda o'z jamoadoshini urgani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Markan 63-daqiqada yarim himoyachi Kerem Akturkoglu bilan janjallashib qoldi va unga ikki marta zarba berdi. 

Bosh hakam videotakrorni ko'rib, braziliyalik himoyachini maydondan chetlatishga qaror qildi.

Aytish joiz, Markanning chetlatilishi Turkiya vice-chempionining "Giresunspor" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonishiga to'sqinlik qilmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: timeturk.com