Garet Beyl: "Turnirni boshqacha yakunlashni kutgandim"

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2021
Uels sardori Garet Beyl Evro-2020 1/8 finalida Daniyadan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatni (0:4) sarhisob qildi.

"O'yin biz xohlagandek o'tmadi. Nuqtayi nazarimiz bo'yicha biz juda yaxshi boshladik, ammo keyin hammasi o'zgardi. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynashga harakat qildik, lekin yana gol o'tkazib yubordik va shundan keyin jasoratimizni yo'qotdik.

Uchrashuv natijasi bizni juda xafa qildi. Yigitlar tushkun kayfiyatda. Turnirni boshqacha yakunlashni kutgandim. 

Juda alamli – men faqat shuni ayta olaman. Imkoniyatni qo'ldan boy berdik, ammo hech bo'lmaganda kurashdik va men baribir futbolchilarimiz bilan faxrlanaman", – dedi Beyl.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com