Gari Kexill faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 avg 2018
"Chelsi" himoyachisi Gari Kexill faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, angliyalik futbolchining yangi jamoasi katta ehtimol bilan "Galatasaroy" bo'ladi. Turk klubi Kexill bilan shartnoma bo'yicha kelishib olgan va ayni damda "Chelsi" bilan muzokara o'tkazmoqda. Ko'klar asosiy tarkibdagi joyidan ayrilgan tajribali futbolchini sotishga yoki ijaraga berishga tayyor.

Kexill va "Chelsi" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi. Oldinroq, 32 yoshli himoyachi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fotomac