Gari Nevill - Sulsherga: "Haykalingni qaerga o'rnataylik?"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2019
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill PSJga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ule-Guunnar Sulshyerdan intervyu oldi.

Sulsher va Nevill futbolchilik faoliyati davomida MYU sharafini birgalikda himoya qilishgan.

- Ule-Gunnar, uchta savolim bor. Necha yillik shartnoma imzolashni xohlaysan, maoshing qancha bo'lsing va haykalingni qaerga o'rnataylik?

- Ajoyib kecha. Yozgacha o'zimni ishga bag'ishlamoqchiman. Ko'ramiz, keyin klub qanday qarorga kelar ekan.

- MYUda tanlov imkoniyati yo'q. Faqat bitta variant bor, shundaymi?

- Bu kunni uzoq eslab qolamiz. "Manchester Yunayted" uchun ajoyib kecha bo'ldi - deb savolga javob berishdan qochdi Sulsher.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror