Gavi Alvaresning hisobga olinmagan penaltisi haqida: "Men qayta tepishga imkon berardim, ammo hakamlar hal qilgani maqul"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2025
Gavi Xulian Alvaresning hisobga olinmagan penaltisini qaytadan tepishni taklif qildi.

"Real" UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida "Atletiko"ni musobaqadan chiqarib yubordi.

O'yindan keyingi penaltilar seriyasida "matraschilar" hujumchisi Xulian Alvares zarbadan avval sirpanib ketdi va to'pga ikkala oyog'i bilan tegdi. Shunga qaramay u gol urdi, biroq bosh hakam VAR bilan muhokamadan so'ng uni hisobga olmadi.

"Bu vaziyat bo'yicha katta bayonot berish niyatim yo'q. Qarorni hakamlar qabul qiladi va ularda shunday qoida bor. Ushbu vaziyatda nimalar qilish kerakligini bilmayman, ammo hakam nima qilmasin, unga ishonishdan boshqa iloj yo'q.

Biroq men quyidagicha yo'l tutardim: Agar futbolchi to'pga ikkala oyog'i bilan tegsa, penaltini qaytadan tepsin. Ammo buni men hal qilmayman, hakamlar qaror chiqargani to'g'ri" - dedi Gavi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: Relevo

Izohlar

Мендааа Узимдааа
15 mar
Мен Барсачи ёки Реалчи эмасман Пеналтидан урилган голни хисобга олиш керак эди ёки кайта тептириш керак эди ?
Мендааа Узимдааа
15 mar
Мен Барсачи ёки Реалчи эмасман Пеналтидан урилган голни хисобга олиш керак эди ёки кайта тептириш керак эди ?
Срожиддин Срожиддин
15 mar
Реал мадрид шундай клубки,галаба козонса хам атиштириб йиглатиб дод дегизиб ютади.ха ха ха
Sera_M ¥ U
15 mar
barsa bn xam shunday vaziyat bulgandachi
L. YaMaL
15 mar
Gʻirromlik qilib Atelab qmagandan keyn boshqatdan teptirish kerak. Juda toʻpni qimirlatadigan darajadayam tegmagandi. Agar nabarot boʻlganda aniq paftor tepilardi.