Gavi: "Orzum – Ispaniya bilan Jahon chempioni unvonini qo'lga kiritish"

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi 2022 yilda qo'lga kiritgan "Golden Boy" mukofoti bilan faxrlanishini aytdi.

Gavi, shuningdek, Jahon chempionatida g'alaba qozonishni orzu qilishini aytdi – shu paytgacha Ispaniya terma jamoalar asosiy musobaqasida faqat bir marta, 2010 yilda muvaffaqiyatga erishgan.

"Golden Boy" mukofotini qo'lga kiritganimdan faxrlanaman. Bunga erishishimga yordam bergan barchaga rahmat. Mening motivaciyam – yanada ko'proq harakat qilish va "Barselona"da qilayotgan ishimni qilish. Orzum? Ispaniya bilan Jahon chempioni unvonini qo'lga kiritish", – dedi Gavi.

Gavi bor-yo'g'i bir yil avval "Barselona"da barqaror o'ynay boshlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bolavip