

Germaniya terma jamoasi va Adidas 2026-yilgi jahon chempionati uchun mo'ljallangan formalarni e'lon qildi.
"Germaniya futbol federatsiyasining (DFB) hamkori Adidas kompaniyasi bugun DFB'ning yangi uy formasini taqdim etdi. Erkaklar terma jamoasi bu formani ilk bor 14 noyabr kuni Lyuksemburgda bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralash o'yinida kiyadi. Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda, Germaniya terma jamoasi AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida ushbu libosda maydonga tushadi. Yangi uy formasini DFB'ning ayollar va yoshlar terma jamoalari ham kiyishi rejalashtirilgan", –deyiladi rasmiy xabarda.




