Globe Soccer Awards-2019. Barcha nominaciyalarning g'oliblari ma'lum bo'ldi

Yevropa klublar assotsiatsiyasi (ECA) va Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi (EFAA) tomonidan topshiriladigan "Globe Soccer Awards" mukofotining barcha nominaciyalardagi g'oliblari bilan tanishing.

Yilning eng yaxshi futbolchisiKrishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya);

Yilning eng yaxshi murabbiyi Yurgen Klopp (“Liverpul”, Germaniya);

Yilning eng yaxshi darvozaboniAlison Beker (“Liverpul”, Braziliya);

Yilning eng yaxshi jamoasi – “Liverpul”;

Yil kashfiyotiJoao Feliks (“Benfika”/“Atletiko”, Portugaliya);

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi  Lyusi Bronz (“Lion”, Angliya);

Yilning eng yaxshi futbolchisi (arab mamlakatlari)Abderrazzoq Hamdalla (“An-Nasr”, S.Arabistoni)

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (arab mamlakati)Ashraf Hakimi (“Borussiya D”, Marokash)

Yilning eng yaxshi futbol agenti  Jorje Mendesh (Portugaliya);

Yilning eng yaxshi futbol akademiyasi“Ayaks” hamda “Benfika”;

Yilning eng yaxshi hakamiStefani Frappar (Fransiya);

Yilning eng yaxshi sport direktori Andrea Berta (“Atletiko”, Italiya);

Yilning eng yaxshi jamoasi (arab mamlakatlari) “Al-Hilol” (S.Arabistoni);

Futbolga qo'shgan hissasi uchun maxsus mukofot Miralem Pyanich (“Yuventus”, Italiya) hamda Rayan Giggz (Uels).

Yilning eng yaxshi homiylik kelishuvi“Manchester Siti” (Angliya).

Eslatib o'tamiz, mukofotning taqdirlash marosimi 29 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'tkazildi.


Manba: championat.asia