Godin raqibga tupurgani uchun diskvalifikaciyaga uchrashi mumkin
Narzulla Saydullayev
29 yanv 2017
Atletiko sardori Diego Godin Ispaniya chempionati 20-turida Alavesga qarshi o'yindagi (0:0) harakati uchun diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
O'yin vaqtida Alaves vakili Silva Deyverson himoyachining yuziga tupurgan. Godin esa bunga raqib futbolchisi boshining orqa qismiga tupurish bilan javob bergan.