Golden Boy-2018 sovriniga davogar 5 nafar futbolchi nomi ma'lum bo'ldi

Sovrin uchun davogarlar ro'yxati 5 nafargacha qisqardi.

Unga ko'ra, 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilarga topshiriladigan sovringa davogar 5 futbolchi ma'lum bo'ldi. Yakuniy ro'yxatdan quyidagi futbolchilar o'rin oldi:

Matteys de Ligt (“Ayaks”);

Trent Aleksandr-Arnold (“Liverpul”);

Jastin Klyuyvert (“Roma”);

Vinisius Junior (“Real”);

Patrik Kutrone (“Milan”).


Yakuniy ro'yxatni aniqlashda 30 dan ortiq jurnalistlar ishtirok etdi. Mazkur sovrin o'tgan yili PSJ hujumchisi Kilian Mbappega nasib qilgandi.


Manba: Goal.com