Gollarga boy o'tgan bahsda Bavariya va Real Madrid o'zaro durang o'ynadi

Khoja
1 may 2024
ECHLning yarim finalidan o'rin olgan Bavariya - Real Madrid uchrashuvi yakunlandi.

Bavariya - Real Madrid 2:2

Gol: 24 - Vinisius Junior (Kroos), 53 - Sane, 57 - Keyn, 84 - Vinisius Junior

Stadion: Allianz Arena

Bosh hakam: Kleman Tyurpen

Yordamchi hakamlar: Nikolya Dano va Benjamen Paj

VAR: Jerom Brisar

Bavariya: Noyer, Dayer, Kim Min Chje, Mazraui, Goretcka, Laymer, Kimmix, Myuller, Sane, Musiala, Keyn.

Real Madrid: Lunin, Vaskes, Ryudiger, Nacho, Mendi, Valverdi, Tchuameni, Kroos, Rodrigo, Bellingem, Vinisius Junior.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+1. Vaskes hakam tomonidan ogohlantirildi

Hakam 2-bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

87. Mezbonlar safida ham o'zgarish. Alfonso Devis Leroy Saneni alishtirdi

87. Xoselu Rodrigoning o'rniga maydonga tushdi

84. GOOOL. Vinisius Junior hisobni tenglashtirdi

82. Rodrigo penalti ishlamoqda. To'p oldida Vini

80. Myullerning o'rniga Gnabri tushdi

 

79. Modrichdan ajoyib uzatma, biroq Vinining zarbasini Noyer qaytarmoqda

75. O'zgarish: Modrich va Diaz maydonga tushdi. Ular Bellingem va Krossni alishtirdi

71. Mezbonlarning yana bir burcha zarbasidan so'ng xavfli vaziyat sodir bo'ldi. Dayerning zarbasini yana Lunin ushlab oldi

67. Dayerning boshi bilan yo'llagan zarbasini Lunin ushlab oldi

66. Keynning zarbasi Ryudegerga tegmoqda va mezbonlarda navbatdagi burchak zarbasi

65. Nachoning o'rniga Kavaminga tushmoqda

64. O'zgarish: Kross ogohlantirildi

64. Mehmonlar yaxshi imkoniyatga ega bo'lgandi, biroq raqib himoyasi ham o'z o'rnida

60. Keyn hisobni oshirishi mumkin edi, biroq Ryudeger ajoyib harakat qildi

57. GOOOL. Bavariya 4daqiqa ichida 2 ta gol urmoqda. Keyn mezbonlarni oldinga olib chiqdi

56. Penalti. Bavariya ikkinchi bo'limni boshqacha boshladi. Mucialani raqiblar yiqitishdi

53. GOOL. Sane raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi. Luninning bu zarba oldida ojiz qolmoqda. 

51. QANDAY ZARBAAA. Tonidan ajoyib zarba va raqib darvozabonidan super seyv

46. O'zgarish: Rafael Gerreyru Leon Goreckani alishtirdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

43. Ogohlantirish: Mazraui ogohlantirildi

42. Keynning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi

40. Mezbonlarning uchrashuv boshidagi shiddati yo'qolib qoldi. Ular Madrid jamoasining darvozasiga kelishga qiyinchiliklarga uchrashmoqda

35. Kimmix himoyada yaxshi harakat qildi va to'pni Mucialaga uzatdi, biroq nemis to'pni oldirib qo'ydi

32. Bugun Franciyalik hakam mayda qo'polliklarga umuman etibor bermaslikka qaror qilmoqda. Hozircha uchrashuvda hakamlar bor ekanligi ham bilinmayapti

26. Sane raqib maydonchasining ichida yiqildi, biroq hakam hech qanday qo'pollik yo'q deb hisobladi

24. GOOOL. Ha bu Real Madrid. Hujumni Bavariya qiladi, golni esa Real uradi. Krossdan ajoyib uzatma Vinidan gol.

21. Viniciusning zarbasi juda noaniq ketdi

20. Mehmonlar ilk burchak zarbasiga ega bo'ldi. To'p oldida Kroos

16. Bavariya hujum qilishda davom etmoqda. Mucialaning zarbasiga aniqlik etishmadi

12. Myullerning uzatmasidan so'ng Muciala zarba yo'lladi, biroq yana noaniq

9. Keyn maydon markazida to'pni egallab oldi va zarba yo'lladi, biroq noaniq  

7. Navbatdagi zarba. Yana Sane, biroq nemisning zarbasi noaniq ketmoqda. Hozircha mehmonlar faqat himoyalanmoqda

6. Navbatdagi hujum. Sanening uzatmasidan so'ng Keyn zarba yo'lladi, yana Lunin to'pni egallab oldi

5. Hozircha ustunlik to'liq Bavariyada. Ularda ilk burchak zarbasi

1. Mezbonlar ilk daqiqaning o'zida hisobni ochishi mumkin edi, biroq Sanening zarbasini Lunin qiyinchilik bilan qaytarmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI!


KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

B & S
1 may 2024
Ertalab xisobni korsam 2-2. Birinchi xayolimga kelgan narsa "penaltidan urmadimikin xech yo'g'i shu safar" degan gap boldi. Qarasam yana penaltidanda. Real mas Penal madrid bo'pketdi. Ronaldugayam Penaldu degan laqabni ham shu realni prezidentlari olib berganda. Shunday talantli futbolchini masxara qilishga zamin yaratishgan. Essiz endi Penal madrid deymiz ekanda.
Koson_united UK
1 may 2024
Lekin 2-1dan keyin Real o'yindan chiqdi deb uylagandim. Chunki bavariya kuchli uynab yubordi. Lekin real qayta oldi o'yinga
PlayFootball
1 may 2024
Оеклани чалиштирамиз ва уйиндан рохатланамиз. Кучлилар ютсин. .
Haqiqatparvar
1 may 2024
Кимиси ютсаям Кизиги йук Узб Финалда ютса булди
Жураев6566
1 may 2024
Реалга омад.