Gonsalo Garsiya Van Nistelroyning natijasini takrorladi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2026
"Real" hujumchisi Gonsalo Garsiya Torres Ispaniya La Ligasining 18-turidan o'rin olgan "Betis"ga qarshi o'yinda (5:1) xet-trik qayd etib, madridliklar safida sobiq forvard Rud van Nistelroyga tegishli XXI asrdagi yutuqni takrorladi.

"Opta Sports" statistik portalining xabar berishicha, Gonsalo Garsiya XXI asrda "Real" tarkibida La Ligadagi debyut golini xet-trik orqali rasmiylashtirgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunday natijaga van Nistelroy 2006 yil sentyabrida "Levante"ga qarshi o'yinda (4:1) erishgan edi.

21 yoshli Gonsalo Garsiya joriy mavsum "qaymoqranglilar" libosida 18 o'yinda (418 daqiqa) maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta Sports