Gonsalo Iguain: Doimo o'yinchi sifatida o'sishga intilaman

“Sassuolo”ga qarshi xet-trik qayd etgan “Yuve” hujumchisi o'yindan keyingi fikrlar bilan bo'lishdi.

“Birorta gol o'tkazib yubormasdan, yaxshi o'yin o'tkazdik. Shu boisdan mana shu ruhda o'ynashda davom etishimiz kerak. Xet-trik men uchun - ajoyib vaziyat. Doimo o'yinchi sifatida o'sishga va sifatni oshirishga harakat qilaman. “Napoli”ga qarshi o'yin? Chempionatdagi g'alaba faqat o'zimizga bog'liq”, - deydi Iguain.


Manba: Sky Sport Italia