"Granada" "Tenerife" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
1 avg 2020
"Tenerife" xavbeki Luis Milya "Granada" o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda. Shartnoma 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 

Milya "Tenerife" tarkibida o'tgan mavsum Segundada 35ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Milya bundan oldin "Atletiko Madrid S", "Reyes", "Rayo Valekano B", "Alkorkon", "Guijelo" va "Fuenlabrada" klublari sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: granadacf.es