Grizmann: "Mbappe Ronaldu kabi har mavsum 50tadan gol urishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
9 okt 2018
"Atletiko" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann PSJ forvardi Kilian Mbappening o'yini haqida fikr bildirdi.

"Mbappe menga "Manchester Yunayted"dagi Krishtianuni eslatib yubormoqda. Ronaldu ham qanotda o'ynab, gol urardi. Agar Kilian ham "Real"dagi Ronaldu kabi o'ynasa, aniqrog'i gollarga e'tibor qaratsa, har mavsum o'z hisobiga 50ta gol yozdirib qo'yishi mumkin" - deydi Grizmann.

Joriy mavsum Mbappe Fransiya chempionatining 5ta uchrashuvida maydonga tushib, 8ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football