Gvardiola: "Kurtua ajoyib o'yin ko'rsatdi, deb o'ylamayman"

Iskandarov Abdulaziz
12 mar 2026
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi birinchi uchrashuv (0:3)dan so'ng madridliklar darvozaboni Tibo Kurtuaning o'yini haqida fikr bildirdi.

"Menda ojizlik hissi yo'q. Biz Kurtua jiddiy tarzda o'yinga aralashishiga majbur bo'ladigan vaziyatlar yarata olmadik. Ammo qancha bor jarima maydoni ichiga kirdik va hal qiluvchi so'nggi pas yetishmadi… Agar siz shu nuqtagacha yetib borgan bo'lsangiz, demak, umuman olganda to'g'ri harakat qilyapsiz. Bizda Kurtua ajoyib o'yin o'tkazdi, degan hissiyot yo'q. Bizga faqatgina kichik bir detal yetishmadi. Agar shuni bajara olganimizda, albatta gol urar edik", - dedi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Чемпионат