Gvatemalada futbolchi gol urdi va tablodagi hisobni o'zi o'zgartirdi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019
"Deportivo Karcha"ning argentinalik yarim himoyachisi Luis Akunya "Deportivo Jokotan"ga qarshi Gvatemala chempionati o'yinida (1:0) g'alaba to'pi muallifiga aylandi.

22 yoshli futbolchi 80-daqiqada penaltidan gol urdi va tablodagi hisobni o'zi o'zgartirdi. Bu harakati uchun Akunya hakam tomonidan ogohlantirildi.

"Mashg'ulot o'tkazayotganimda murabbiyga hisobni o'zgartirmoqchi ekanligimni aytdim. Bunga ishonchim komil edi" - dedi Akunya.

TAS-IX

Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com