Hakim Fuzaylov 1:4 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng: "Qo'rqinchili holat yuz bergani yo'q"

Narzulla Saydullayev
27 mar 2025
"Xorazm" - "Buxoro" (1:4) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. O'yinni yaxshi boshladik. Chempionatni ham yaxshi boshladik. O'yin principial edi. Tarkibimizda avval "Buxoro"da o'ynagan futbolchilar bor edi. Ular haddan ortiq g'alabani istab yuborishdi. "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislardan uzr so'rayman. Qo'rqinchili holat yuz bergani yo'q. Endi navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Chunki vaqt kam. Chempionat endi boshlanmoqda.

- "Xorazm" hisobda ortda borganda ham yaxshi o'ynadi. Vaziyatlarni golga aylantirishda nima etishmadi?
- Birinchi taymda o'yin borasida ustunlik bizda edi desak ham bo'ladi. Lekin bir yo'la 4-5 nafar futbolchi o'yinni "tashlab" yuborsa, qiyin bo'ladi. Imkoniyatlarimiz ham bo'ldi. Futbolni kombinacion tarzda o'ynashga harakat qilyapmiz. Afsuski tablodagi hisob 1:4 ko'rinishiga kelib qoldi. O'z maydonimizdagi o'yinda imkoniyatni boy berdik. Garchi, bu neytral maydonda o'tayotgan bo'lsa ham. Bu alamli. Buni ko'rib chiqib, tahlil qilamiz va xatolar ustida ishlaymiz.

- "Xorazm"ning Superligada qatnashishi nisbatan kechroq aniq bo'ldi. O'z-o'zidan jamoada yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzish imkoniyati pasaydi. Bu sizga qay darajada qiyinchilik tug'dirdi?

- Murabbiy doimo yaxshi natijalarni istaydi. Lekin biz bu borada biroz kech qoldik. Umuman olganda jamoaning 70 foizini almashtirdik. Hali ishlaydigan joylarimiz bor. Ammo jismoniy tomonlama muammolar yo'q. Agar etibor bergan bo'lsangiz, biz yutqazgan holatda ham feyr-pleyga amal qilib yubordik. Bu ham ortiqcha bo'ladi bazida.

Futbolchilar yomon emas, asta-sekin bir-birlarini tushunib borishmoqda. Jamoa shakllanmoqda va bundan ham yaxshiroq o'ynay oladi", - dedi Fuzaylov. 




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Мистер Икс
27 mar
Хаким ака Бубанияни ,Валерий Кичинга алмаштринг, Валерадан командеизга копрок фойда тегади, хакикий лидер. Утган йили Локомотивда хам яхши уйнанди.
1994 Nurafshon
27 mar
Кейинги уйинларда омад.