Hamidjon Aktamov: "Nasib qilsa "Xorazm" bilan Superligada ko'rishamiz"

Narzulla Saydullayev
22 apr 2021
O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qizilqum" (1:4) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun juda ham yaxshi o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun kurashdi. Maydon sun'iy edi, shunga qaramay biz ham, mezbonlar ham hujumlar uyushtirishdi. Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman. "Xorazm"ga keyingi bahslarda omad tilayman, o'ylaymanki nasib qilsa "Xorazm" bilan Superligada ko'rishamiz.

Xorazmga futbol kerak, shuncha muxlis stadiondan qo'llab turdi. Kelgusi yil Superligaga chiqishiga tilakdoshman", - deydi Hamidjon Aktamov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia