"Hamma yigitlar tushkunlikka tushib qolishdi" - Robertson

Sherzod Nurmatov
25 jun 2024
Shotlandiya terma jamoasi himoyachisi va sardori Endryu Robertson jamoaning Evropa chempionatini tark etgani haqida fikr bildirdi.

"To'g'risini aytsam, aytarli gap yo'q. Biz borimizni berdik. Vengriyaga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerakligini bilardik, ammo ular bizni qarshi hujumlarda jazolashdi. Hammasi boshqacha bo'lishi mumkin edi, lekin bu – futbol. Buni engish uchun uzoq vaqt talab etiladi.

Birinchi bo'limda to'pga ko'p ega bo'ldik, ammo undan foydalana olmadik. Biz vaziyatlarni keskinlashtirishimiz, yanada ko'proq harakat qilishimiz kerak edi. Buni amalga oshirishga harakat qildik, lekin javob golini qabul qilib oldik. Real qarasak, hatto durang ham etarli emasdi.

Uzoq vaqt davomida bu haqda o'ylab yurishimiz kerak. Bu og'ir. Bu shunchaki dahshatli. Hamma yigitlar ruhiy tushkunlikka tushib qolishdi. Barcha muxlislarga rahmat aytmoqchiman: ishonchingizni oqlay olmaganimizdan afsusdamiz", – dedi futbolchi.

Shotlandiya terma jamoasi 1 ochko jamg'arib, "A" guruhida so'nggi, 4-o'rinni egalladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: BBC Sport

Izohlar

Azamat Shoha
25 jun 2024
,evropa Chempioni Niderlandiya termasi buladi Fransiya Angluya Germaniya va Ispaniya ham bulolmaydi
Ўзбек футболининг муҳлиси
25 jun 2024
Шумиди 1 турда Шотландия Германиядан қўрқмайди дегани
Liverol Motor Oil
25 jun 2024
Хайрулла Хамидов адашибти. Турнирнинг энг кучсиз жамоаси Словакия эмас айнан шу,футболчилари АПЛда "тобланган" Шотландия экан. Футбол сифатининг юқорилиги буйича барибир Испания энг чуққида. Шу таркиб билан хам жудаям чиройли футбол курсатишмоқда. Улим гурухида рақибларни курдим демай текислаб утиб кетди. ЖЧда хам улар ғолибликка даъвогар эди. Фақат 120-дақиқа хужум қилиб охири пенальтидан Марокашга ютқазиб қуйганди. Испан футболида халиям Пепнинг Барсасининг имөоси мавжуд. Клублар бу футболга қарши мослашиб олгандур лекин терма жамоалар хали хам куникиб ололмаган