"Hammasiga tribunadagi ahmoqlar aybdor!" - "Xoffenxaym" - "Bavariya" uchrashuvi nega ikki bor to'xtatilgani va futbolchilar o'zaro pas o'ynash orqali uchrashuvni tugatib qo'yishgani haqida

Mirjalol Normatov
1 mar 2020
Bundesliganing 24-turi doirasidagi "Xoffenxaym" - "Bavariya" (0:6) uchrashuvi myunxenlik ishqibozlar tufayli ikki marta to'xtatildi va o'yinni jamoalar o'zgacha tarzda yakunlab qo'yishdi.

Mazkur bahsda Flik boshqaruvidagi "Bavariya" mehmonda "Xoffenxaym"ni tor-mor keltirdi. Lekin jamoasining ishonchli g'alabasi paytida myunxenlik muxlislarning norozichilik bannerlari va haqoratli hayqiriqlariga ko'pchilik uchun kutilmagan holat bo'ldi. Bunga nima sabab bo'lganini quyida tushuntirib o'tamiz.

Ikkinchi taymda o'yin ikki marotaba to'xtatildi. Dastlab 66-daqiqada "Bavariya" muxlislari "Xoffenxaym" xo'jayini Ditmar Xopp manziliga qaratilgan haqoratli banner ko'tarib chiqishdi. Unda "Ditmar Xopp haliyam fohishaning o'g'li", - degan yozuv yozilgandi.



Mazkur banner ko'tarilgach o'yin to'xtatildi va "Bavariya" futbolchilari, murabbiylar va rahbariyat mehmonlar uchun ajratilgan sektor oldiga kelib, bannerni tushirishni so'rashdi. Ayniqsa Salixamidjich va bosh murabbiy Flik juda g'azablandi. Karl-Xaync Rummenigge esa vip-lojada Xoppdan muxlislarning betarbiyaligi uchun uzr so'radi.

"Bavariya" vakillarining ko'plab urinishlaridan keyin tribunadagi ahmoqlar bannerni tushirishdi. O'yin esa davom ettirildi. Biroq mehmonlar joylashgan tribunadagi ahmoqlar keyingi bannerni ko'tarishdi. Bu safar bannerda Ditmar Xoppning ismi yozilmagan va lekin haqoratli so'z baribir "Xoffenxaym" xo'jayini manzili tomon qaratilgandi: "Fohishaning o'g'li".

Bu gal esa o'yin hakami nafaqat bellashuvni to'xtatdi, balki jamoalarni maydondan olib chiqib ketdi.

"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidjich va jamoa afsonasi, yaqindan klub tizimida ish boshlagan Oliver Kan tribunadagi ahmoqlarning oliga borib, bannerni tushirishni so'rashdi. Keyinchalik Rummenigge va Xopp ham maydonga tushishdi.

Taxminan 10 daqiqa o'tgach jamoalar maydonga qaytishdi va kutilmaganda o'yinni shunchaki to'pni bir-birlariga uzatgan holda do'stona tarzda yakunlab qo'yishdi.

Bu harakatni esa mehmonlar uchun ajratilgan tribunadagi ahmoqlardan tashqari qolgan barcha muxlislar qarsaklar bilan olqishlab turishdi.

Xo'sh, savol tug'iladi: Nega Germaniyada futbol ishqibozlarining katta guruhi "Xoffenxaym" xo'jayini Ditmar Xoppni yoqtirishmaydi?

Ditmar Xopp Germaniyaning eng badavlat kishilaridan biri. Xopp Germaniyadagi qudratli tijoriy kompaniya "SAG AG" egasi. Bu kompaniya to'g'ridan-to'g'ri "Xoffenxaym"ning homiysi sanaladi. Ditmar Xopp o'ziga sevgan "Xoffenxaym" klubini 1990 yili sotib olgan. Shu vaqtga qadar Xopp klub rivoji yo'liga millionlab sarmoya kiritgan. Klubni esa qishloq jamoasidan Bundesliga darajasiga qadar ko'tardi. 

Bilasiz, Germaniyada bir kishi xo'jayinchilik qiladigan klublarni yoqtirishmaydi. Oddiy misol, "Leypcig"ni ham Germaniyada xushlashmaydi. Bundesligada jamoalarning asosiy qismining yarmidan ko'proq ulushi klub direktorlar kengashiga qarashli. Xopp esa Germaniyada bunday qoida joriy etilishidan avvalroq "Xoffenxaym"ni sotib olgan. Ayni damda Xoppda "Xoffenxaym"ning 96% akciyasi mavjud va klubni to'g'ridan-to'g'ri boshqaradi. Shu boisdan ham Germaniyada Ditmar Xoppni ko'pchilik jamoalar muxlislari yoqtirmaydi.

Masalan, yaqinda Dortmund va Myonxengladbax "Borussiya"lari jamoalarining muxlislari ham Xoppga qarshi banner ko'tarishgandi. Bunga javoban esa "Xoffenxaym" klubi mehmonlarning bir guruh muxlislariga klub stadioniga kirishni taqiqlab qo'ydi.

"Bavariya" rahbariyati ham kechagi ahmoqgarchilik uchun tezkor reakciya bildirdi. Yani, klub "Shikeriya" muxlislar guruhini "Bavariya" jamoasining rasmiy fan-klubi safidan chetlatdi. Va mavsumiy chiptalarni ularga sotishni taqiqladi. Shuningdek, Bundesliga ham "Bavariya" muxlislarini rasman diskvalifikaciya qilishi kutilmoqda.

Kechagi ishlarni "Bavariya" rahbariyati qoralaydi. Jamoa bosh murabbiy Flik bunday ahmoqgarchilikka qarshi birlashib kurashish zarurligini takidladi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Yuve&Dinamo
1 mar 2020
axmoq muxlislar xoffenxaym toza uynaydi futbolni
FC CHELSEA....
1 mar 2020
APL da bunday xolatlar bolmaydi. Inglizlar ancha madanyatlik xalq. Nemislar yaxshi ish qilmabdi nima bolganda xam.
Revolver
1 mar 2020
"Madaniyatli g'arbning" ning asl ko'rinishi)))))
inamjon
1 mar 2020
Muxlislar xaq qonun xamma uchun barobar yoki u qonunni bekor qilsin
Erkin Oka )))
1 mar 2020
Maqola davomida bir so'zning qayta va qayta takrorlanishi muallifning saviyasizligini bildiradi. Ahmoqlar so'zi bir necha bor ketma-ket gaplarda ham qo'llanilgan. Shu so'zning o'rniga boshqa sinonim so'zlardan foydalanish kerak. Bunday qaytarilishlar medaga tegadi.