Hasanboy Ergashev: "Asosiy e'tiborni Yovanovichni nazorat qilishga qaratdik"

Narzulla Saydullayev
29 may 2016
"Andijon" - "Sho'rtan" uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachsi Hasanboy Ergashevning fikrlari quyidagicha bo'ldi:

- Bugun mezbonlar tarkibida ularning legioner futbolchisi - Nemanya Yovanovich juda faol harakat qildi. Bizning asosiy etiborimiz ham bosh murabbiyimizning ko'rsatmalariga asosan aynan mana shu futbolchini nazorat qilishga qaratildi. Bugungi o'yinda nafaqat himoya chizig'imizdagi futbolchilar, balki barcha jamoadoshlarim bilan birgalikda Yovanovichga deyarli o'yin bermadik.  Bir bora o'sha penalti bo'lgan holatni e'tiborga olmasa, Yovanovich hech nima qila olmadi.

O'ylaymanki, Ixtiyor aka Karimovning topshirig'larini aniq darajada bajarganimiz uchun bugun g'alabaga erishdik, - deydi Ergashev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia