Hikmat Ergashev: "Paxtakor"ga qarshi ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
1 nov 2020
Superliga 22-turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor"(0:6) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Hikmat Ergashev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Paxtakor" kuchli jamoa, shunga yarasha bugun beshta himoyachi bilan maydonga tushdik. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin taktikani o'zgartirdik, to'rtta himoyachi bilan o'yinni davom ettirdik. "Paxtakor"ning har bir zarbasi gol bilan yakunlandi, bu erda darvozabonni ham ayblash qiyin. Ular bilan ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi. Bugun chiroyli o'yin ko'rsatish va g'alaba qozonish uchun harakat qilgandik. Ammo, o'xshamadi. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman",- deydi Hikmat Ergashev.

- Jamoa birinchi davrada 2:2 hisobida durang o'ynagan edi. O'shanda to'rtta himoyachi bilan o'ynagandi. Bilishimiz bo'yicha AGMK bu yil ilk bor beshta himoyachi taktikasida harakat qildi. O'tgan mavsumda jamoa "Paxtakor"ga qarshi ikkita kubok finalida beshta himoyachi bilan o'ynash natijasida yirik hisobda mag'lub bo'lgan edi. "Paxtakor" bilan o'yinda himoyaviy o'yindan ko'ra hujumkor o'ynagan samaraliroq emasmi?

- Yana qaytaraman, "Paxtakor"ga qarshi ochiq futbol ko'rsatib bo'lmaydi. Raqib safida O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilari yig'ilgan. Beshta himoyaini tushurishimizni sababi qarshi hujumda harakat qilish. 

- Darvozabon yarim jamoa hisoblanishini  bilamiz. AGMKda asosiy darvozabon yo'qdek taassurot qoldirmoqda. Bir o'yinda Suhrob Sultonov, yana bir o'yinda Valijon Rahimov darvozani qo'riqlamoqda. Keyingi mavsumda darvozabon masalasini ko'rib chiqish rejada bormi? Yoki shu ikki posbonga ishonishda davom etiladimi?

- Avval bu mavsumni tugatib olaylik. Keyingi mavsum haqida yig'inlarda ko'rib xulosa qilamiz.

- Jamoaning ichki muhiti qanday? Oxirgi uchta uchrashuvda uchta mag'lubiyat, o'yinlarda futbolchilar bir-biriga ishonmayotgani sezilib qolmoqda...

- Ichki muhit yaxshi. Nima desam bo'ladi, jamoa to'rtta o'yinni safarda o'tkazdi, ikkitasida g'alaba qozondik. Ijobiy natija qayd etmoqchi edik, o'xshamadi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Paxtakor muhlisi
1 nov 2020
ПАХТАКОР.БУ.ПАХТАКОР.НАСАФ.ПАХТАКОРНИ.ЮТАДИ.ДЕГАНЛАР .АДАШАДИ.
Ózga sayyoralik
1 nov 2020
Qôrqoq Qosimov doim shunaqa "yeb" qôyganidan keyin intervyu berishdan qochib yuradi! Yana ôsha gap, Qosimov kuchli murabbiy emas!!!!!
Ózga sayyoralik
1 nov 2020
Qôrqoq Qosimov doim shunaqa "yeb" qôyganidan keyin intervyu berishdan qochib yuradi! Yana ôsha gap, Qosimov kuchli murabbiy emas!!!!!
Автомобилист
1 nov 2020
АГМкада йигилган шунча кучли уйинчига яраша тактика к,ила олмади К,осимов.
Нодирбек Ахмедов
1 nov 2020
Ўзбек Баварияси бўле–е, Пахтакор.Маладес гап йуқ.