Hojiakbar Alijonov: "Paxtakor-79"ga bo'lgan xalqning muhabbati abadiydir"

Абдулвосит Бектемиров
11 aug 2024
"Paxtakor" jamoasi etakchisi va milliy terma jamoamiz azosi Hojiakbar Alijonov "Paxtakor-79" xotirasini yodga oldi.

1979 yil ayni shu kuni o'zbek futbolining afsonaviy jamoasi "Paxtakor" aviahalokatga uchragan kundir. Erta tongdan "Paxtakor-79" jamoasini xotirlash uchun "Paxtakor" stadioniga juda ko'pchilik muxlislar va befarq bo'lmagan insonlar tashrif buyurdi. Qarshida o'tkazilgan "Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan keyin esa "Paxtakor" jamoasi azolari "Botkina" qabristonida "Paxtakor-79" xotirasiga quron tilovat qildilar. Shuningdek, "Qizilqum" va OKMK jamoalari ham ushbu sanada "Paxtakor-79" jamoasi xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.


"Dunyoda mukammal narsa yo'q. Hatto muhabbat deb atalmish oliy tuyg'uda ham adolatsizlik bor. Lekin "Paxtakor-79"ga bo'lgan, xalqning muhabbati abadiydir!!!" - deya fikr qoldirdi "Paxtakor" etakchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan birida.



Абдулвосит БектемировMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Raul Madrid
11 aug 2024
Shu pahtani eshitsam alergiyam borde hoh 2024 bulsin hoh 79 bulsin
Raul Madrid
11 aug 2024
Isqirt tvarla
Ифтихорим
11 aug 2024
Кулги смайлик куйганла кайтар дунё санлаям кетганларинда чиройли смайликлар куяди узларинга ухшаганла
Dilmurod Umarov
11 aug 2024
Yuragi bor odamlar Liverpulni yoqtirishi shart degan gap Paxtakor-79 ga ham mos tushadi