Hujumda o'ynayotgan markaziy himoyachi haqida

Omonjon To`xtamirzayev
22 fev 2019
Andrea Ranokkya bugungi kunda Italiya A Seriyasining eng ishonchli markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Yevropa Ligasi uchrashuvi doirasidagi uchrashuv uchun asosiy tarkiblar e'lon qilinib, "Inter" safida Andrea Ranokkya asosiy tarkibda maydonga tushishi aniq bo'lgach, bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo'ldi.

Ko'pchilik: u himoyada o'ynaydimi, yoki hujumdagi deya xazilona savollarni qoldirishdi. Buning sababi, "Bolonya"ga qarshi o'yinda Luchano Spalletti Ranokkyani uchrashuv oxirida 12 daqiqaga, hujum chizig'iga tushirdi. Ma'lumot uchun, "Inter" o'sha o'yinda baribir mag'lub bo'ldi - 0:1.    

"Rapid"ga qarshi o'yinda Andrea odatdagi poziciyasi - markaziy himoyada harakat qildi, lekin unga deyarli ish bo'lmadi. Avstriyaliklar bor yo'g'i to'rt bor zarba berdi, "Inter" esa - 11ta. Ularning ikkitasini Ranokkya, bittasi aniq – gol.


Sobiq sardor Mauro Ikardi tribunada o'yinni tomosha qilib o'tirgan vaqtda, boshqa bir sobiq sardor jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba bilan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Spalletti xursand, Ranokkya esa xuddi "Inter"ga Chempionlar Ligasi finalida g'alaba keltiruvchi golni urgandek xursand edi.

"Men – "Interchi" va professionalman. Faqatgina shunday holatda muvaffaqiyatga erishish mumkin. "Interchi" bo'lib tug'iladilar, ular ko'p qiyinchiliklarga duchor bo'ladilar, ammo jamoa g'alaba qozonganda, barcha qiyinchilik, azoblar o'rnini bosib ketadigan ajoyib tuyg'uni xis etadilar. Uni so'z bilan ifodalashning imkoni yo'q".

Kim biladi deysiz, balki "neradzurri"ga aynan shunday sardor kerakdir.


Nozima Zaripova tarjimasi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia