Husanov "Lans" qaydnomasiga kiritilmadi, himoyachi Osiyo kubogida ishtirok etishi mumkin

Оқил Абдубарноев
11 apr 2024
Franciyaning "Lans" klubi 1-liganing 29-turidan o'rin olgan "Mec"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini elon qildi.

Ro'yxatdan o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov o'rin olmagan. 

Buning aniq sababi hozircha malum emas. Ehtimol, 20 yoshli o'yinchi aprel oyida Qatar yashil maydonlarida o'tkaziladigan U-23 Osiyo kubogida qatnashishi mumkin.

"Lans" ishtirokidagi o'yin ertaga bo'lib o'tadi. U-23 Osiyo kubogi esa 15 apreldan 4 mayga qadar davom etadi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: rclens.fr

Izohlar

Sanko-liderchi
11 apr 2024
Xusanovning mahoratiga hurmat saqlagan holda aytaman, agar ikkisidan faqat bittasiga ruhsat beriladi deyishsa Fayzullayevni tanlar edim.
AGMK????
11 apr 2024
Xusanov kelsa ximoyamiz yanada mustaxkam bo‘ladi yigitlarimizga omad
Озод Ачилов
11 apr 2024
Агар Хусанов келса химоядан кўнглимиз тўқ!!!
GALABA Bizni take etmasin
11 apr 2024
Яхши хабар
FREND UZBEKISTAN
11 apr 2024
Qoil top5 dagi futbolchilarimizni asosiy tarkibga kiritmay termaga qo'yib yurborishiga hursand bo'ladigan davrgayam kelibmiz!