Husanov, Masharipov… Bugun yana qaysi legionerlarimizning jamoalari o'ynaydi?

Khoja
6 apr 2024
Bugun xorijda to'p tepayotgan bir nechta legionerlarimizning jamoalari navbatdagi uchrashuvlarini o'tkazishadi.

Biz esa odatdagidek batafsil ro'yxatni taqdim qilamiz.

Franciya chempionati, 28-tur

Abduqodir Husanov jamoasi bugun Gavrni mehmon qiladi. Uchrashuv soat 20:00 ga belgilangan.


Eron chempionati, 22-tur

O'zbekiston terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri Jaloliddin Masharipov jamoasi bugun Mes Rafsandjan jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 ga belgilangan.


Qozog'iston chempionati, 4-tur

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi azosi Ibrohimhalil Yo'ldoshev to'p suradigan Qayrat bugun chempionatning 4-turida Jetysu jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bahs 19:00 da boshlanadi.


Tailand chempionati, 24-tur

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev jamoasi bugun chempionatning 24-turida Chiangray Yun jamoasi mehmoni bo'ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00 ga belgilangan.


KhojaMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Shuhrat Mahkamov
6 apr 2024
Sergeyevni klubidan Uzb klublari ancha yaxshiroq