Husanov va Fayzullaev qachon O'zbekiston U-23 terma jamoasi ixtiyoriga qo'shiladi?!

Tolibjon Qosimov
26 jun 2024
Xabaringiz bor, Parij olimpiadasining futbol bahslari shu yilning 24 iyulidan 10 avgustiga qadar bo'lib o'tadi.

Ilgariroq Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilarimiz 3 iyul kuni yig'ilishi haqida xabar bergan edik.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi 3 iyul kuni yig'inga kirishadi, Franciyaga qachon uchib ketilishi ham malum

Hozircha OTJ legionerlaridan Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaevning Olimpiadada ishtirok etishi aniq bo'lgan. Har ikkala futbolchimizning klublari ularni Parij olimpiadasiga qo'yib yuborishlarini malum qilishgan. Unga ko'ra, Husanov va Fayzullaev U-23 terma jamoamiz ixtiyoriga 10 iyulda qo'yib yuboriladi. Ular katta ehtimol bilan terma jamoaga Marselda qo'shilishadi.

Hojimat Erkinov ("Al Vahda"), Umarali Rahmonaliev ("Rubin") va Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Qayrat")larning klublaridan javob xati kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi termalariga qarshi o'ynaydi.

Ispaniya – O'zbekiston

24 iyul, Parij 

O'zbekiston - Misr

27 iyul, Nant

Dominikan Respublikasi – O'zbekiston

30 iyul, Parij


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Botirali Dosbayev
26 jun 2024
Faqat shomani olish kere boldi
Tiki taka
26 jun 2024
Туркманни мураббийи хайратда
Tinchliksevar
26 jun 2024
Shonurodov,Urunov,Aliqulov yoki Hamrabekov
БЕК@
26 jun 2024
Шомуродов, Ўрунов, Алиқулов
БЕК@
26 jun 2024
Алибек Давроновнинг жароҳати борлиги учун Алиқуловни олиш керак
Jamik Eshnazarov
26 jun 2024
Oxirgi 3 ta umuman foydasi tegmaydi shartmas javob xat kelishi
Ота макон
26 jun 2024
Гайрат Жураевчи?
Habib
26 jun 2024
Olga
Habib
26 jun 2024
Nasafbi olifta zashitnigi omasa buldi, 11 ni tepa olmaydigan
Habib
26 jun 2024
Nasafbi olifta zashitnigi omasa buldi, 11 ni tepa olmaydigan
Ko'proq ko'rsatish