"Husanovni birinchi marta ko'rganimda, "Yangi van Deyk o'sib bormoqda" deb aytganman"

Sherzod Nurmatov
5 mar 2025
"Akron" bosh murabbiyi Zaur Tedeev "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida to'xtalib o'tdi.

– Nega o'zbek Abduqodir Husanov 20 yoshida "Manchester Siti"da o'ynayapti, bizda esa unday markaziy himoyachi yo'q?

– Bu aynan murabbiy mehnatining natijasi. Men ulug' Anatoliy Ivanovich Yurevich, ustozimni yaxshi bilaman. U bu bolani Belyavskiy bilan birga "Energetik-BGU"ga olib bordi va uni butunlay yangi darajaga olib chiqdi, tayyorladi. "Alaniya" bosh murabbiyi bo'lib ishlagan davrimda Husanovni birinchi marta videoda ko'rib, "bo'lajak van Deyk o'sib bormoqda", degandim.

– Qo'ysangiz-chi...

– Rostan. Bu qisman hazil sifatida aytilgandi, lekin yigitcha haqiqatan ham menda kuchli taassurot qoldirgandi. U buyuk futbolchi bo'lib etishishi mumkin deb o'ylagandim. Yurevichning yigitlarga bo'lgan munosabatini bilib, Abduqodirda "otish" qobiliyati borligini tushungandim. Ular bolani tarbiyalab, yaxshi holatda "Lans"ga, keyin esa "Manchester Siti"ga sotishdi. Mana haqiqiy namuna. Bu erda asosiy narsa futbolchiga individual yondashishda edi. Biz ham xuddi shunday qilishimiz kerak. O'yinchini olib, uni muayyan vazifaga tayyorlash zarur. Futbolchilarni muammolari va kamchiliklari bilan birga yaxshi ko'rish kerak.

20 yoshli Husanov 20 yanvar kuni 45+5 mln evro evaziga "Lans"dan "Manchester Siti"ga o'tgandi. Himoyachi "shaharliklar" safida 6 o'yinda 1 ta gol urdi va jamoada fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lib uchun kurashmoqda. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Спорт-Экспресс

Izohlar

ss
6 mar
Буларни оркаси ениб кетяпти узбек йигити шу даражага чикганига гуеки юривич Иванович шу даражага олиб чикди агар у одам бумаса бу даражага чикмасди демокчи куйканаклар булар азалдан узбек футболистлар ни куролмасди
Жахонгир Йулдошев
6 mar
Хозирги русскийларни катта кисми ичкиликка муккасидан кетган, кейин кашанда хам. Шунинг учун Евро футболнинг руссларга эхтиёжи кам. Шуни бирорта Журналисти айтиб чикмайди. Агар улар хам тартиб бн ёндошганда Яна янги Аршавин, Павлюченколар чикарди. Купрок бошка давлатдан чикаётган футболчиларни йигбат килиб утиришдан кура, шу нарсага ахамият беринглар русскийлар
Dostonbek Anvаrоv
6 mar
Жарохатдагилар кайтса Хусанов захирага михланади
Obidjon
6 mar
Koʻz tegmasin faqat shu boʻp qoldi oxirgi mavzular. Bolani tinch qoʻyinglar ozroq. Abduqodir uka imkoni boʻlsa umuman ijtimoiy tarmoqlarga kirmagin. Faqat futbol oʻyna. Omad tilayman senga.
tohir Abidov
5 mar
Омин куп бора энг яхши футболчи булсин