Husniddin Aliqulov O'zbekiston terma jamoasining bo'lajak yig'inini o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2023
"Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohati sabab terma jamoaning oldindagi yig'inini o'tkazib yuboradi.

Bu haqida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasida "Mashal"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng aytib o'tdi.

"Uni kichik jarohat bezovta qilayotgandi. Shu sababli ham terma jamoaning oldindagi yig'iniga chaqirilgani yo'q. Bir haftacha vaqt kerak bo'ladi. Terma jamoa ham davolanishga ruhsat bergan", - deydi Ro'ziqul Berdiev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia