Ibrohim Tanko: "O'zbekiston bizning xatolarimiz evaziga g'alaba qozondi"

Eldor Akmurzayev
26 mar 2021
O'zbekiston - Gana B (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ibrohim Tanko matbuot anjumanida ishtirok etdi.




Unga bahsda gol urgan Issaku Abdul Fatavu hamrohlik qildi. 

"Bugun ikkala jamoa ham yaxshi o'ynadi. Biz ikkita jiddiy xatoga yo'l qo'ydik va raqib gollar urdi. Yigitlarim hisobni tenglashtirishga o'zlarida kuch topa olishdi. O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman", - deydi Ibrohim Tanko. 

"Juda ham ajoyib uchrashuv bo'ldi. O'zbekiston bizning xatolarimiz tufayli g'alaba qozondi. Bu erda o'ynaganimizdan xursandmiz. O'ylashimcha bu ikkala jamoa uchun foydali bo'ldi", - deydi Fatavu.

- O'zbekiston safida kimni alohida ajratib ko'rsata olasiz? 

- Men raqib safidagi qaysidir futbolchini ajratib ko'rsatishni yoqtirmayman. To'g'ri O'zbekiston safida 3-4 nafar futbolchi ajralib turdi. Buni kecha ham aytgandim. Bugungi g'alaba jamoaviy o'yin menda yaxshi taassurot qoldirdi. 

- Uchrashuv to'lig'icha O'zbekiston tashabbusi ostida o'tdi. Bunga tayyormidingiz? 

- Bu tabiiy holat. O'zbekiston o'z maydonida o'ynadi, shunchalik ko'p muxlislar qarshisida o'ynadi. To'p nazorati ham ular tomonida bo'ldi. Lekin men shogirdlarim bilan faxrlanaman. Gol o'tkazib yuborgach hisobni tenglashtira olganimizdan xursandman. 

- O'zbekiston, Namangan shahri sizda qanday taassurot qoldirdi? 

- O'zbek xalqi mehmondo'st sifatida taassurot qoldirdi. O'zim ham musulmonman, mehmondo'stlik bu musulmon xalqlariga xos bo'lgan hususiyat. Raqib maydonida o'ynaganda odatda mehmon jamoa futbolchilariga qarshi muxlislik qilinadi. Bugun esa stadion ikkala jamoani birdek qo'llab quvvatladi. Shu bois uchrashuvdan keyin muxlislarga minnatdorchilik bildirdik.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar

Forever Gunner
26 mar 2021
Пахтакор жу Фатавуни олиб келиши кере зур уйинчикан . Адашмасам дердийокга 1 млн атрофида туледи. Шу болада 0.5 млн берса жон деб келади
Olg'a UZB
26 mar 2021
Uyin zo'r bo'ldiyu anchadan buyon yigitlar birga uynamagani sezilib qoldi bir birini tushunishda maladsi yigitlar abramovga yaxshi taktik maslaxatchi kerak anau qariya bilan anvardi o'rniga
Qayta Uyg'onayotgan klublar
26 mar 2021
Лапашанглар-р-р-р-р-р!Шармандалар-р-р-р-р.Биринчи-иккинчи таймда к,анча вазиятни кукка совурдинглар!
Qayta Uyg'onayotgan klublar
26 mar 2021
Лапашанглар-р-р-р-р-р!Шармандалар-р-р-р-р.Биринчи-иккинчи таймда к,анча вазиятни кукка совурдинглар!
Shox Tura
26 mar 2021
Tanko yutqazib berganlaring uchun rahmat silaga.