Igor Akinfeev 300 ta o'yinda gol o'tkazmagan ilk rossiyalik posbon bo'ldi

Rossiya chempionatining 16-turida SSKA “Rostov” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Mazkur o'yinda “armiyachilar” darvozasini Igor Akinfeev qo'riqladi. Natijada Akinfeevning faoliyati davomidagi “quruq” o'yinlari 300 taga etdi. Igor rossiyalik darvozabonlar ichida birinchi bo'lib, mazkur marrani zabt etdi. Bungacha Lev Yashin (203 ta o'yin), Evgeniy Rudakov (206), Sergey Ovchinnikov (215 ta o'yin; xorijdagi faoliyati bilan hisoblansa), Rinat Dasaev (252 ta o'yin)lar 200 lik marrani zabt etgandi, xolos.


Manba: ЦСКА расмий сайти