

"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Igor Yelich uchrashuvdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"O'tgan yil ham shu yerda edim. OCHLni 5:0 hisobidagi g'alaba bilan boshlagandik. Ammo keyin omadimiz kelmagandi. Ammo o'tgan yilgi natijalarni unutdik. "Ar Rayan"ni mag'lub etsak keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimiz keskin oshadi. Raqibni o'rganib chiqdik. Futbolchilar haqida barcha ma'lumotlar bor. Yigitlarning barchasi o'yinga tayyor. Kayfiyatimiz a'lo darajada.
O'tgan yil "Al Duhayl" bilan ikkala o'yinda ham tengma-teng o'ynagandik, faqat omadimiz kelmagandi. Qatar klublari bilan o'ynasa bo'ladi.
Osiyo chempionlar ligasida uchun eng asosiysi natija, hamma o'yinda 1:0 hisobida yutsak ham baxtli bo'lamiz", - deydi Igor Yelich.




