Iguain ijrosida “Despacito”, Buffon esa “Volare”ni kuyladi

Eldor Akmurzayev
24 iyul 2019
Xabaringiz bor, Yuventus yangi mavsum oldidan tayyorgarlikni Osiyoda o'tkazmoqda.

Hozirda klub Xitoyda bo'lib turibdi. Jamoa a'zolari mehmonxonadagi kechki ovqatdan so'ng, kayfiyatni ko'tarish maqsadida navbatma-navbat qo'shiq kuylashdi. Turinliklar forvardi Gonsalo Iguain mashhur “Despacito” qo'shig'ini kuylagan bo'lsa, jamoaga qaytgan  Janluiji Buffon italiyalik taniqli xonanda Domeniko Modunoning “Volare”sini ijro etdi. Shuningdek, klubga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar Matteys de Ligt, Adrien Rabio,  Merih Demiral ham chiqish qilishdi.


TAS-IX emas




Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: juventus

O'xshash yangiliklar