Ikki darvozabonga bir qo'lqop, do'mbira, Sheykin, "Xirosima-94" xotiralari - o'zbek futbolida tesha tegmagan gaplar

Narzulla Saydullayev
16 oct 2024
1994 yilning oktyabr oyi o'zbek futboli tarixi sahifalariga oltin harflar bilan zikr etilgan. O'shanda Yaponiyada o'tgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston milliy terma jamoasi finalda xitoylik futbolchilarni 4:2 hisobida dog'da qoldirib, chempionlikni rasmiylashtirishgan edi.