Majlisda takidlandiki, Oliy Liga-2014 birinchi davra o'yinlarida hakamlik saviyasi ancha yaxshi bo'ldi. Ayni vaqtda, O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich uchrashuvlaridagi hakamlik sifati sezilarli darajada past bo'lib, bunda birinchi navbatda hakamlarning o'zi aybdor ekanligi takidlandi.
Tanqidiy ruhda o'tgan majlisda o'z ishiga mas'uliyatsizlik bilan yondashayotgan, O'FF va O'zPFL rahbariyati tomonidan bildirilayotgan ishonchni oqlay olmayotgan hakam va nazoratchilarni jazolash, zarur bo'lsa, ularni chetlatish haqida qarorlar qabul qilish kerakligi qayd etildi.
Majlisda kun tartibidan o'rin olgan qator masalalar bo'yicha fikr almashildi, hakamlar va nazoratchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokama qilindi va tegishli xulosalar chiqarildi, shuningdek, soha mutaxassislari oldida mavsumning hal qiluvchi ikkinchi yarmini yuqori saviyada o'tkazish vazifasi turgani eslatib o'tildi.