Ikkinchi liga: “Do'stlik-K” jamoasidan navbatdagi yirik g'alaba

Aslanov Jasurbek
22 may 2015
Ikkinchi liga “A” guruhining 2-turidagi so'nggi bahs Kattaqo'rg'on shahrida bo'lib o'tdi.

Mavsumni omadli boshlagan “Do'stlik-K” jamoasi o'z maydonida Samarqand shahrining “Samarqand” jamoasini qabul qildi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu g'alabadan so'ng jamoa o'z guruhida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

E'tiborlisi, mazkur uchrashuvda eng ko'p tomoshabin qayd etildi. “Do'stlik-K” va “Samarqand” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni ko'rish uchun “Do'stlik” stadioniga 3017 tomoshabin kirdi. Bu bilan Kattaqo'rg'onlik muxlislar 2-turda eng yaxshi natijani qayd etishdi.

Ikkinchi liga, “A” guruhi
2-tur
“Do'stlik-K” (Kattaqo'rg'on shahar) – “Samarqand” (Samarqand shahri) – 5:0.
Hakamlar:
 J. Qudratov (Ishtixon) – 8,6, D. Tilloev (Samarqand) – 8,4, R. Ashirbek (Kattaqo'rg'on) – 8,0.
Nazoratchi: B. Xikmatov (Samarqand).
Gollar: Axmad Yo'ldoshev (39), Javlon Sultonov (43,58), Akbar Jo'raev (70), Muslimbek Ikromov (74).

Ikkinchi liga “V” guruhining 2-tur bahslaridan bir Payariq tumanida bo'lib o'tdi. Unda maxalliy “Bahor” jamoasi Samarqand shahrining “SVVAKIU” jamoasi bilan kurash olib bordi. Unda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. 

Ikkinchi bo'limning 62-daqiqasida Olim Raximov mexmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 88-daqiqaga kelib mezbonlar xujumchisi Shoxrux Doniyorov muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.


Ikkinchi liga, “V” guruhi
2-tur
“Bahor” (Payariq tumani) – “SVVAKIU” (Samarqand shahri) – 1:1.
Hakamlar: 
S. Hakimov (Urgut) – 8,4, S. Eshboev (Urgut) – 8,1, J. Bozorov (Urgut) – 8,1.
Nazoratchi: S. Abdullaev (Samarqand).
Gollar: Olim Raximov (62) – Doniyorov Shoxrux (88).
Ogohlantirishlar: Shoxrux Pirimov (43), Jaxongir Abdullaev (85), (ikkisi ham “SVVAKIU” jamoasidan) – Shoxrux Doniyorov (88), (“Bahor” jamoasidan).

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: samfutbol.uz