

"Toshkentdan shu ergacha kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.
Bu bahsda qiynaldik, chunki finallar hech qachon oson bo'lmaydi. Bugungi g'alabamizning asosiy omili yil davomida qilingan mehnat va omad bo'ldi deb o'ylayman.
O'zimning o'yinimga to'xtaladigan bo'lsak, bugungi harakatlarimdan ko'nglim to'lmadi. Bundanda yaxshiroq o'ynay olaman" - deydi Ikrom Aliboev.



