Ikrom Aliboev: "Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yin oson bo'ldi deya olmayman"

Aziz Tukhtamuradov
29 apr 2016
"Lokomotiv" futbolchisi Ikrom Aliboev "Olmaliq"qa qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi.

“Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, o'yin oson bo'ldi deya olmayman. Uch ochko olganimizdan xursandmiz. Tezkor gollarning natijaga katta ta’siri bo'ldi.

“Al Nasr”ga qarshi o'yinda faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. To'g'ri, ushbu o'yinda bizni durang ham qoniqtiradi. Lekin, muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonmoqchimiz”, - deydi yarim himoyachi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia