Ilgiz Tantashev JCH saralash o'yiniga taklif oldi

Xayrulla Xoliqov
8 noya 2021
11 va 16 noyabr kunlari Osiyoda JCH saralash bahslari davom ettiriladi.

16 noyabr kuni Iroq terma jamoasi "o'z maydonida" Janubiy Koreyani qabul qiladi. Bu o'yinni hamyurtimiz Ilgiz Tantashaev boshqarib boradi. "O'z maydonida" so'zi qo'shtirnoqqa olingani sababi, uchrashuv Dohadagi "Tani bin Jassim" stadionida bo'lib o'tadi. 

Ma'lumot uchun, bu Tantashev uchun "A" guruhi jamoalari o'rtasidagi birinchi o'yin bo'ladi. Bungacha buxorolik hakam "B" guruhidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Vetnam hamda Saudiya Arabistoni - Xitoy uchrashuvlarini boshqarib borgan.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia