Ilgiz Tantashev U-20 Jahon chempionatiga taklif etildi

Tolibjon Qosimov
27 mar 2019
FIFA shu yilning 25 may - 16 iyun kunlari Polshada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar va rasmiylar ro'yxatini e'lon qildi.

Osiyodan ushbu musobaqaga jami 13 nafar hakam taklif qilingan. Ular orasida 3 nafar bosh hakam, 6 nafar referi assistentlari va 3 nafar VAR bo'yicha ishlaydigan hakamlar bor. Hamyurtimiz Ilgiz Tantashev esa mazkur musobaqaga zaxira hakami sifatida taklif etilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz