Ilyos Zeytullaev: "Tarixiy jamoaning bir bo'lagi bo'lish uchun asta-sekin shakllanyapmiz"

Iskandarov Abdulaziz
9 mar 2025
Superliganing 1-turida Toshkentda "Bunyodkor" va "Neftchi" o'zaro to'qnash keldi.

Uchrashuvidan so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi Ilyos Zeytullaev OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

"Juda qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Qaysidir daqiqalarda biz, ayrim vaziyatlarda raqib yaxshiroq ko'rindi. Umumiy manoda shogirdlarim o'z vazifasini yaxshi bajardi. Bu yil medallar uchun kurashadigan, mamlakatimizning eng kuchli jamoasiga qarshi mavsumning birinchi o'yinini yomon o'tkazmadik.

Aytganimdek, “Neftchi” kuchli jamoa. Shuning uchun o'yindan qoniqdim. Bugun maydonda to'p surgan barcha o'yinchilarning harakatlaridan roziman! Ular mehnat qilishdi, futbol o'ynashdi. Bizda ahil kollektiv yig'ilgan. “Bunyodkor” esa tarixiy jamoa. Biz o'sha tarixiy jamoaning bir bo'lagi bo'lish uchun asta-sekinlik bilan shakllanayapmiz, o'yinimizni “quryapmiz”. Muxlislar stadionga tashrif buyurishini uchun harakat qilishda davom etamiz",- deydi Ilyos Zeytullaev.


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Qopqoq: "Бунёдкор" матбуот хизмати

Izohlar

Soccerland777
9 mar
Bunyodkorni oxirgi paytlardagi eng yaxshi murabbiyi...
Real.M & Chelsi
9 mar
Neftchi murabbiyi Levchenko sariq pishakni o'rniga zudlik bilan boshqa murabbiy olishmasa Neftchini durranlar bilan uxlatadi,xatto Lebedov ham bundan yaxshiroq boshqaradi Neftchini
Vvvgcf Gcfghg
9 mar
Бунёдкор чукяпти яхши натижа кутмаймиз
black wolfe
9 mar
бунедкорда тарих бораканми?бир вактлар пулни кучига курилган каманда энди асл холати асл урнига кайтди 8-10 уринларда юрса хам котта гап.
Азимжон 2524
9 mar
Senlar hali shoshmay turgin nima 1chi turdayoq chempion bulsinmi man shaxsan uyinni kurib mazza qildim