Insayder: “Perishich rasman London klubi bilan shartnoma imzoladi”

Eldor Akmurzayev
31 may 2022
Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishich “Tottenxem” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

33 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va bitimga imzo chekdi. Yaqin fursatlarda transfer rasman e'lon qilinadi.

Perishich 7 yildan beri “neradzurrilar” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U yakunlangan mavsum 49 o'yinda 10 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirdi. Xorvatiyalikning yangi klubidagi maoshi esa 6 mln evro atrofida bo'ladi.

Qayd etishi joizki, “shporlar” futbolchini tekinga qo'lga kiritdi. “Tottenxem” ustozi Antonio Kontening shaxsan o'zi xavbekni jamoasida ko'rishni xohlagandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano