"Inter" Chalxanoglu o'rniga "Liverpul" yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
7 mar 2025
Milanning "Inter" klubi "Liverpul" yarim himoyachisi Kyortis Jonsga qiziqmoqda.

U yozda jamoani tark etishga qaror qilsa, 31 yoshli Xakan Chalxanogluning o'rnini egallashi mumkin, deya xabar berdi "InterLive".

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Jonsni boshlang'ich tarkib azosi sifatida ko'rmaydi, bu esa angliyalik yarim himoyachini boshqa klubga o'tishga undaydi.

24 yoshli Jons joriy mavsum 34 o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi va 6 ta golga assistentlik qildi. Uning "Liverpul" bilan kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali malumotlariga qaraganda, futbolchining bozor narxi 45 mln evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: InterLive

Izohlar

Jons
7 mar
Jons hali Hendorsonga munosib o'rinbosar bo'la oladi, imkon berilsa