"Inter" Dyumfris bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
25 noya 2023
"Inter" himoyachi Denzel Dyumfris bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Klub va niderlandiyalik futbolchi o'rtasida muzokaralar o'tkazilmoqda. Bu haqda jurnalist Andrea Ramacotti xabar berdi.


O'yinchining talabi klub taklif qilayotganidan baland, shu sabab tomonlar Rodjestvoga qadar yana bir muzokaralar o'tkazishadi.


Himoyachi Milanga PSVdan 2021 yilning avgustida 15 mln evro evaziga o'tgan. Himoyachi o'shandan beri "Inter" safida barcha musobaqalarda 110ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urishga erishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport